Ushbu tadbir O’zbekistondagi Gyote-Instituti va Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Peter Stamm ijodining maftunkor olamiga biz bilan sho'ng'ing! Ushbu maxsus kechada janob Stamm o'zining mukofotga sazovor bo'lgan "Loqayd dunyo" romanidan parcha o'qiydi va adabiy asarlarning yaratilish jarayoni haqida gapirib beradi.
Munozara:
Asar mutolaasi Peter Stamm va asar tarjimoni Hafiza Kuchkarova, Toshkentdagi Gyote instituti direktori Maren Nimeyer xonim va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Konstantin Obolenskiy ishtirokidagi asar yuzasidan suhbat va munozara bilan boshlanadi. Asarning yaratilish jarayoni, shuningdek, tarjima jarayonidagi qiyinchiliklar va o'ziga xos jihatlar haqida batafsil bilib oling!
Asar mutolaasi:
Tadbir davomida asliyatdan va uning o‘zbek tiliga tarjimasidan bahramand bo‘ling. Mashhur ijodkor Peter Stammning o’z asarlarida hikoya qilish sana’tidan foydalanib o’tmish va kelajakni mohirona birlashtirishidan bahramand bo’ling!
Gyote Instituti va Shveytsariya elchixonasi Sizning tashrifingiz va tadbirda ishtirokingizdan benihoya mamnundir!
Teglar: