Siz 11-sinf o’quvchisimisiz?
Germaniyada o’qishni rejalashtiryapsizmi?
Siz o’qish jarayoni, talabalarning kundalik hayot tarzi haqida ko'proq bilmoqchimisiz?
Unda ushbu tadbir aynan Siz uchun!
Gyote-Instituti „Germaniya oliygohlariga ko‘prik“ loyihasi doirasida Sven Jürgensen hamda Matthias Brandt ishtirokida Germaniyada texnika sohasida ta’lim olish, o’qish joylari va yo’nalishlari, talabalar hayoti va boshqa ta’lim olishga doir axborot soatini tashkillashtiradi.