Tadbirga ma’ruzachi sifatida UzVC investitsiyalar bo‘yicha direktori Maxsud Yusupov taklif etilgan. U 10 ta startap bitimlarini yopish tajribasiga ega. U yangi venchur fondlarini yaratish va moliyaviy vositalarni boshqarish bilan shug'ullanuvchi bo'limni boshqaradi.
Taqdimot o‘z venchur fondini yaratishni rejalashtirayotganlar, venchur fondlariga sarmoya kiritishdan manfaatdor bo‘lgan cheklangan hamkorlar (LP), shuningdek venchur studiyasi, inkubator yoki akselerator ochayotgan tadbirkorlar uchun qiziqarli bo‘ladi. Ushbu maqsadlar uchun UzVC qanday imkoniyatlarni taqdim etishini bilib olishingiz mumkin.
Teglar: