"Integrity Unite" - kam ta’minlangan yoki to‘liqsiz oilalardagi bolalar va o‘smirlarga, yetim bolalarga va alohida ehtiyojli bolalarga do‘st topishda, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishda, yangi qiziqishlarini kashf etishda hamda maktab dasturi bo‘yicha bilimlarini oshirishda ko‘maklashadigan onlayn loyihadir.
Loyiha yakunida 25 soat to‘plagan ko‘ngillilar ishtirok etganlik haqida sertifikat, shuningdek, tavsifnoma va tashakkurnomalar oladilar. Loyiha oxirida 30 soatdan ko‘proq vaqt to‘plagan ko‘ngillilar "Eng yaxshi milliy ko‘ngilli" va "Eng yaxshi xalqaro ko‘ngilli" unvonlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Volontyor bo'lish uchun 14+ bo'lishingiz kerak.