Andijon, IT Community Roadshow'ni kutib ol!
27-iyun kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag'ishlangan keng ko'lamli tadbirlar seriyasi.
Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo'nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o'z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o'tkazamiz.
Andijondagi Roadshow'da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi:
IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli
Muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish
LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish bo'yicha professional maslahatlar
Netvorking, sovrinli interaktiv o'yinlar va yana ko'plab qiziqarli mashg'ulotlar
Shahrixondan keladigan ishtirokchilarimizga bepul avtobus tashkil etiladi. O'rinlar cheklangan, oldindan ro'yxatdan o'ting!
Ishtirok etish bepul.