Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil qilinayotgan “Adolat Debate” jamoasiga yangi a'zolarni qabul qilamiz!
Jamoaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilar qabul qilinadi:
🛑Debat mentori – spikerlarni tayyorlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🛑SMM mutaxassisi – kontentni rejalashtirish va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
🛑Mobilograf – foto va videokontent yaratish hamda montaj qilish.
Agar siz debat sohasida tajriba orttirishni, ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni va faol jamoaning bir qismiga aylanishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Arizalar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.