Germaniyada PhD bosqichida o'qish uchun professorlardan taklif xati olish va o'qishni moliyalashtirish uchun DAAD grantini qo'lga kiritish oson jarayon emas, ammo ilojsiz ham emas.
Navbatdagi masterklassimizda aynan shu yo'lni bosib o'tib DAAD PhD grantini qo'lga kiritgan mentorimiz Boburbek Babajonov o'z yo'li va tajribasini ulashadi.
Suhbat davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: mentorning shaxsiy yo'li va tajribasi, Germaniyada PhD o'qish uchun nimalar kerakligi, PhD uchun tadqiqot rejasi qay darajada bo'lishi va unda nimalarga e'tibor berish kerakligi, professor va universitetlardan taklif xati olish uchun maslahatlar, hamda DAAD uchun hujjat topshirish jarayoni qanday bo'lishi.
Masterklass davomida eng yaxshi 3 ta savol egasiga DAAD PhD mentorlik kursi uchun 10% chegirma taqdim etiladi.