O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovi e’lon qilingan edi.
14-may soat 15 00 da ariza beruvchi talabgorlar uchun Tusha Universiteti vakillari tomonidan saralash jarayoni haqida onlayn tarzda uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.
Uchrashuv davomida ariza beruvchilar Italiyaning Tusha Universiteti haqida va Forestry and Environmental Sciences
(O‘rmon xo‘jaligi va atrof-muhit fanlari) yo'nalishi haqida batafsil ma`lumot olishlari va o‘zlari qiziqqan savollariga mutaxasislardan javob olishi mumkn bo‘ladi. Uchrashuv Zoom platformasi orqali amalga oshiriladi. (https://dt-global.zoom.us/j/95459518257?pwd=R2FyaUltV3VvSjlLaUNjQVZiVG5oZz09)
Meeting ID: 954 5951 8257
Passcode: 949343
Teglar: