4-may kuni Astrum IT akademiyasi hududida texnologiya ekologiyaga qanday yordam berishi mumkinligi haqida ma'ruzalar va muhokamalar, hamkorlardan sovg'alar bilan interaktivlar, kechqurun DJ — set va konsert bo'lib o'tadi. Kirish bepul, lekin @itcomuzbot Telegram botida ro'yxatdan o'tish kerak. Mehmonlar uchun "O'zbekiston" mehmonxonasidan bepul transfer — avtobuslar tashkil etildi.
Festival tashkilotchilari — O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Realsoft IT-kompaniyasi, IT Community of Uzbekistan, Notfrom ijodiy byurosi va Wasteless qayta ishlanadigan chiqindilarni yig'ishni optimallashtirish platformasi.
Festival 1Fit sport turlari bo'yicha yagona abonement, Coca-Cola kompaniyasi, TBC banki, IT Park Universiteti, Collabrium kovorking markazi, Astrum IT akademiyasi va Central Park yordamida o'tkaziladi.
Teglar: