Festival birinchi marta 2023 yil mart oyida Toshkent Botanika bog'ida bo'lib o'tgan. Bu yil ishtirokchilarni ikki kunlik mashg'ulotlar kutmoqda.
5 may kuni Markaziy madaniyat va dam olish bog'ida yoga mashg'ulotlari va plogging — chiqindi yig'ish bilan poyga, mahalliy ekobrendlar bozori va swap — buyumlarni almashtirish, kattalar va bolalar uchun ekologik mahorat darslari, shuningdek, reper Konsta va boshqa taniqli ijrochilar ishtirokidagi konsert rejalashtirilgan. Kirish bepul.
Hikmat Nasrulloev, RealSoft bosh direktori
Loyihalarning ijtimoiy ahamiyatiga e'tibor qaratish kompaniyamizning asosiy qadriyatlaridan biridir, shuning uchun ekologiyaning barcha masalalari biz uchun yaqin va qiziqarli. Biz ekologik loyihalarni qo'llab-quvvatlash va amalga oshirishda faol bo'lishga harakat qilamiz, shu bilan birga tijorat maqsadlarini har doim ikkinchi o'ringa qo'yamiz.
Bu yil IT Eco Festda biz turar-joylarni obodonlashtirishni qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatning ekologiyaga zararli ta'sirini nazorat qilish bo'yicha bir nechta yangi, juda qiziqarli va istiqbolli ekologik loyihalarni, shuningdek, plastik butilkalar, sigaret qoldiqlari, jamoat joylariga tashlangan organik va noorganik chiqindilarni sotib oladigan "Eko robot" aqlli qutisini taqdim etamiz.
IT Eco Fest IT sohasidagi yutuqlarni nishonlash, IT mutaxassislari va kompaniyalari o'rtasida aloqalarni o'rnatish va hamkorlikni rivojlantirish hamda ekologiyada innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilgan.
Teglar: