"Shanbalik" loyihasi — shanba kunlari o'tkaziladigan qadimiy o'zbek an'anasi bo'lmish jamoaviy tozalash ishlari, hasharlarni qayta tiklashga qaratilgan katta tashabbusdir. Ushbu loyiha mahalliy jamoani atrof-muhitni muhofaza qilish sa'y-harakatlariga jalb qilishni, toza va sog'lom muhitni saqlashda jamoaviy mas'uliyat va faxr tuyg'usini rivojlantirishni maqsad qilgan. Tozalash ishlaridan tashqari, qatnashchilar "Guest Speaker" - muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan yoshlar, insonlar bilan suhbatlashishlari, fikr almashishlari va maslahatlar olishlari mumkin bo'ladi. Qatnashchilar yangi do'stlar orttiradi va keng jamiyat yarata oladi.