IT-loyihalar olamida SMART metodologiyasi maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va natijalarga erishish uchun asosiy vositaga aylanib bormoqda. Masalan, Google, Microsoft, Netflix va Amazon axborot texnologiyalari sohasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va mavjud texnologik yechimlarni takomillashtirish bo'yicha maqsadlarni belgilash uchun SMART metodologiyasidan samarali foydalanishadi.
Seminar yakunida Siz o'zingizni va jamoangizni rag'batlantiradigan, ma'lum o'lchovga ega, realistik, erishish mumkin bo'lgan, shuningdek, tashkilotingizga maksimal foyda keltiradigan maqsadlar qo'yishni o'rganasiz.
Ma'ruzani avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining hayotiy davrini boshqarish bo'yicha mutaxassis Yuriy Zaxarov olib boradi.
Teglar: