Quyidagi Koreya kompaniyalari bilan individual B2B formatida kooperatsiya birjasi boʻlib oʻtadi:
1️⃣ The YoungMedi:
- Kompyuter tomografiyasi uchun sarf materiallarini ishlab chiqish va texnik xizmat ko'rsatish.
- Tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan ultratovush va rentgenografiya.
2️⃣ Innobase:
- Avtomobillarni boshqarish platformasi xizmatlari va Innobase telematik qurilmasi.
3️⃣ FutureTech:
- Yoritishni boshqarish tizimlari: aviatsiya, ko'chalar, binolar + loT texnologiyalari.
- Intellektual xavfsizlik va yong'inni boshqarish tizimlari.
4️⃣ IFTech:
- Mobil qurilmalar, avtomobil va qurilish uchun innovatsion moslashuvchan plyonka.
- To'liq rangli 5D shisha plyonka va buklanuvchan 3D plyonka.
5️⃣ PION:
- 3D dizayn va prototiplash bo'yicha ixtisoslik.
- Ko'p sensorli modullar yordamida robototexnika va jarayonlarni avtomatlashtirish.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.
Teglar: