Festival O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi va bo‘lajak tadbirkorlari uchun tajriba va bilim almashish, hamkorlar topish, mahsulot va xizmatlarni taqdim etish uchun keng ko‘lamli maydonga aylanadi.
Festival ishtirokchilari uchun
- sahnada chiqish va minglab potentsial mijozlar va hamkorlar oldida o'z brendingizni taqdim etish;
- elektron tijorat sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalanish;
- aloqa va biznes hamkorlik tarmog'ingizni kengaytirish imkoniyati beriladi.
Festival tashkilotchilari Elektron tijorat uyushmasi va O‘zbekiston sotuvchilar uyushmasi bo‘lib, “Uzum market” ko‘magida o‘tkaziladi. Jahon banki tadbirning hamkori sifatida ishtirok etadi.
Teglar: