Uzum Team doirasida Uzum brend va kommunikatsiyalar bo‘limi direktori Anastasiya Kudryashova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak ma’ruzada Anastasiya nima uchun foydalanuvchilar doim eshitadigan brendlar ro‘yxatiga kirish muhimligi va kommunikatsiyalar bunga qanday yordam berishini aytib beradi.
Shuningdek, bozor allaqachon to‘lib ketgandek tuyulsa ham, kreativ g‘oyalar raqobatchilar orasida ajralib turishga qanday yordam berishini va nima uchun brend-menejerlaridan "logotipni kattaroq qiling" degan so‘zlarni tez-tez eshitish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Ma’ruza yakunida foydalanuvchilar bilan samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan foydali maslahatlar chek-listi.
Teglar: