Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universitetlarida o‘qish, grant yutish, o‘qish jarayonida stajirovka o‘tash va bitirgach homiylik asosida ish topish sirlarini bilmoqchimisiz? Bu masterklass sizga kelajagingizni aniq rejalashtirish, maqsad qo‘yish va unga yetish, hayot, o‘qish va ishni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirish yo‘llarini o‘rgatadi.
🎤 Spikerlar: Buyuk Britaniyaning 10 ta universiteti mutaxassislari, Chevening va El-Yurt Umidi grant egalari bo‘lgan eng muvaffaqiyatli o‘zbek talabalari.
5 yillik tajribaga ega bo‘lgan spikerlarimiz sizga nafaqat bilim, balki kuchli motivatsiya ham beradi. Ularning hikoyalari orzular sari dadil qadam tashlashga undaydi.
Top universitetlarga kirish strategiyalari.
Grant yutish va o‘qish jarayonida stajirovka o‘tash bo‘yicha maslahatlar.
O‘qish, ish va shaxsiy hayotni birgalikda muvaffaqiyatli olib borish yo‘llari.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri savol-javob imkoniyati.
Bu masterklass xalqaro miqyosda o‘z kelajagini qurmoqchi bo‘lgan, o‘z ustida ishlashga tayyor bo‘lganlar uchun.