🇺🇿 14-noyabr kuni Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi maydonida Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda yosh jurnalistlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Tataristonon o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, madaniy va media muloqotni rivojlantirish, jurnalistika hamda yoshlar siyosati sohasida tajriba almashishdir.
Delegatsiya tarkibida Tataristonning yetakchi OAV rahbarlari, inflyuyenserlar, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot va idora vakillari ishtirok etadi.
O‘zbekiston tomonidan 5–6 ta mahalliy OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlar va faol yoshlar qatnashadilar. Ushbu uchrashuv ikki hudud yoshlari va media vakillari o‘rtasida yangi hamkorlik va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.