Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlar va onlayn faoliyat xavfsizligi har bir foydalanuvchi uchun juda muhim. Ushbu tadbir sizga internetda o‘zini himoya qilish, huquqlarini bilish va ma’lumotlarni xavfsiz boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlar beradi.
📌 Tadbirda siz:
— Onlayn xavfsizlik bo‘yicha real maslahatlar va tajriba;
— Ma’lumotlaringizni himoya qilish va kontentni xavfsiz boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar;
— Kahoot viktorinasi orqali bilimlarni sinab ko‘rish;
— Networking va hamkorlik imkoniyatlariga ega bo'lasiz
👤 Spiker: Soliyeva Sabriya
Kiberxavfsizlik va raqamli huquq bo‘yicha yurist
Adliya vazirligi “Madad” loyihasida ko‘ngilli yurist
Markaziy Osiyoda “Golos Smelykh” mintaqaviy loyihasida ishtirokchi