17-aprel kuni Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondida xalqaro ta’lim va xorijda grant yutish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
🗣 Taqdimot mavzusi:
National Scholarship Programme (NSP) grant dasturi: Tajriba va imkoniyatlar
Uchrashuv davomida talabalar xalqaro NSP grantida g‘olib bo‘lish bo‘yicha tajriba va bilimga ega boʻladilar.
👨🏫 Spikerlarimiz:
1️⃣ Eshmurodov Shokir G'ayrat o'g'li
Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassis hamda muvaffaqiyatli loyihalar koordinatori. Xalqaro talablarga javob beradigan hujjatlar paketini shakllantirish bo‘yicha ekspert.
2️⃣ Nurullayeva Laylo Xayrulloyevna
Xalqaro NSP granti sohibasi va TDYU 4-bosqich talabasi. Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
Teglar: