Yoshlar oyligi doirasida yoshlar uchun yirik ma’rifiy va madaniy tadbir — “Ziyo Fest” festivali tashkil etilmoqda.
Festival yoshlarni birlashtirish, dastur doirasida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotlar, taniqli shaxslar ishtirokidagi motivatsion uchrashuvlar, qiziqarli loyihalar taqdimoti hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, volontyorlik faoliyatida alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan eng namunali yoshlarni taqdirlash marosimi ham tashkil etiladi.
✅ Kirish bepul!
Yangi bilimlar, foydali tanishuvlar va unutilmas taassurotlar uchun “Ziyo Fest”da uchrashguncha!