Bugun cho‘ntagingizdagi 100 000 so‘mga olgan narsangizni ertaga ham xuddi shu pulga xarid qila olasizmi? Inflyatsiya, valyuta kursi va narxlarning o‘zgarishi pulingizning haqiqiy qiymatini qanday o‘zgartiradi?
Qiymat loyihasi doirasidagi Purchasing Power & Exchange Rate Shocks tadbirida siz:
💸 Pulning xarid qobiliyati qanday o‘zgarishini
📉 Inflyatsiya va valyuta qadrsizlanishi nimaga olib kelishini
💵 Real va nominal qiymat o‘rtasidagi farqni
🛡 Moliyaviy xavflardan qanday himoyalanishni
— real vaziyatlar va interaktiv topshiriqlar orqali o‘rganasiz.