🤟 So‘zsiz gaplasha olasizmi?
🧏♀️ Imo-ishora tili bilan tanishamiz va uni kundalik muloqotda qo‘llashni o‘rganamiz: asosiy imo-ishoralar va oddiy iboralar, kar va zaif eshituvchi insonlar bilan to‘g‘ri muloqot, imo-ishora tili tarjimonining faoliyati hamda amaliy mashg‘ulotlar.
👩💼 E’zoza Axmedova — imo-ishora tili bo‘yicha ekspert va professional tarjimon. O‘zbek, rus va ingliz tillaridan imo-ishora tiliga va aksincha tarjima qiladi. Xalqaro tashkilotlar, milliy televideniye va Kun.uzda faoliyat yuritadi.
Uchrashuv 23-sentabr — Xalqaro imo-ishora tillari kuni munosabati bilan tashkil etiladi.