🗓 28-sentabr kuni soat 18:00 da yoshlar uchun xalqaro dasturlar va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlariga bag'ishlangan onlayn uchrashuv bo'lib o'tadi.
📌 Uchrashuv davomida xalqaro yoshlar dasturlari, ekologik tashabbuslar, madaniy almashinuv loyihalari, ilmiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, ariza topshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo'yicha tajribalar bilan o'rtoqlashiladi.
🎙 Uchrashuv spikeri - Saparova Madina. U Youth Climate Delegate - Istanbul Summit 2026, 🇰🇷 Suncheon National University xalqaro madaniy lageri, Young Climate Champions dasturi hamda boshqa xalqaro va mahalliy loyihalarda ishtirok etgan.
🌐 Tadbir o'zbek va ingliz tillarida, "Google Meet" platformasi orqali onlayn shaklda o'tkaziladi. 🔗 Uchrashuv havolasi tadbir kuni ishtirokchilarga taqdim etiladi.