15-oktabr kuni yosh muhandis Ismoilov Bililiddin Islombek o‘g‘li bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bililiddin 2024 va 2025-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Drone Racing musobaqalarida mutlaq g‘olib bo‘lgan, xalqaro Drone Soccer musobaqalarida asosiy pilot sifatida qatnashgan hamda robototexnika bo‘yicha qator musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan.
U “Kelajak muhandislari” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, elektromobil bilan taqdirlangan. Shuningdek, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda o‘z loyihasini davlat rahbariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Uchrashuv davomida Bililiddin tanlovlarga tayyorgarlik, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi tajribasi, erishgan natijalari hamda 19 yoshida elektromobil yutishgacha bo‘lgan yo‘li haqida so‘zlab beradi.