“Yoʻqotilgan tumorni izlab” koʻrgazmasi qashqadaryolik zargar Sharifjon Raupovning oʻtmishga nazar tashlash unga yordam bergani haqidagi hayratlanarli hikoyadan iborat.
Arxiv fotosuratlari va materiallari asosida u o‘zbek zargarlik san’ati an’analarini hayotga qaytaradi. Ekspozitsiyada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm maktablarining buyumlari namunalari asosida qayta tiklangan bezaklari namoyish etiladi.