Gulya Gromova — bir nechta madaniyatlar bilan bog‘liq ijodkor rassom. Farg‘onada tugʻilib oʻsib, Toshkentda tahsil olib, Olmaota shahrida faoliyat yuritayotgan ushbu rassom O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyada muntazam ravishda ko‘rgazmalar tashkil qiladi. Uning tasviriy san’ati maydoni chegara bilmas — shaxsiy arxivdan ramziy antropologiya tasvirlarigacha qamrab oladi. Uning qahramonlari shakli ravshan va va tashvishli, ranglari keskin, ammo g‘oyasi mayin — xuddi unutib bo‘lmaydigan, ammo talqin qilish qiyin bo‘lgan tushlar kabi.
Teglar: