Gulnoz Aktamova bolalar psixologi bo‘lib, bolalar ruhiyati bilan shug‘ullanadi. Uning ijodi kasbiy yondashuv va qiziqishning uyg‘unligidan iborat. Asarlarida muallif zamonaviylik va milliy an’analarni uyg‘unlashtirib, “jonli materiallar” — tabiiy teri va yog‘ochga jon ato etgan. Taqdim etilayotgan asarlar turli xil texnika va materiallardan foydalanib yaratilgan: akril, moy bo‘yoq, barelyef, epoksid. Har bir chiziq o‘ziga xos uslubda ishlangan.
Ko‘rgazmaning ochilishi 9-iyul kuni soat 10:00da bo‘ladi.
Teglar: