Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi Yoshlar markazida she’riyat kechasi tashkil etiladi.
Agar siz she'riyat ixlosmandi bo'lsangiz unda sizni CATHARSIS nomli she’riy kechaga taklif qilamiz.
Tadbir doirasida yoshlar:
- zamonaviy va klassik she’rlar o‘qishadi;
- mualliflik she’rlarni auditoriyaga taqdim etishadi;
- ochiq mikrofon orqali o‘z iste'dodlarini namoyon etishadi;
Tadbir erkin ijodiy muhitda o‘tadi va barcha qiziquvchilar uchun ochiq.
📝 Qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. O‘rinlar soni cheklangan.